"CinemaRevol" loyihasining huquqiy asosi
1. Konsepsiyaning yuridik va qonuniy asosi.
1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-iyundagi "Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq "CinemaRevol" loyihasini (keyingi o‘rinlarda "loyiha") tashkil etishni rejalashtirdik. Farmonning II bo‘limi (Sohada iste’dodlarni yuzaga chiqarishning yangi tizimini joriy etish) va V bo‘limi (Sohada nodavlat sektor faolligini oshirish) va VI bo‘limi (Kinoindustriya sohasini yanada rivojlantirish)ni o‘z loyihamizning asosi qilib oldik.
1.2. Loyihaning asosiy maqsadi yosh kinoijodkorlar va investor-homiylar o‘rtasidagi, bugungi kunda deyarli shakllanmagan munosabatni o‘rnatish va ularning aloqalarini yanada mustahkamlashni, shu bilan birga, xususiy kinoindustriyani bosqichma-bosqich shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu esa o‘z navbatida, milliy kino mahsulotlarimizni davlat byudjetiga bog‘liqligini kamaytiradi, kreativ iqtisodiyotga salmoqli hissasini qo‘shadi, hamda, yosh ijodkorlar o‘z mahoratini namoyish qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
1.3. Loyiha mazmunan O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi (O‘RQ-406-son) Qonuni ijrosiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi O‘zbekiston Yoshlari – 2030" strategiyasini 2026-2027-yillarda amalga oshirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi (PQ-148-son) qaroriga hamohangdir.
Loyihaning yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjat:
Keyingisi: Guvohnoma