CinemaRevol - g'oyadan ekrangacha
Jamoa

"Asoschi"(2016)lar

(bu nom — "The Founder" (2016) filmiga reference)

"CinemaRevol" MChJ founderlari.

Axtamov Alisher

Ma'lumot

Alisher Anvar o'g'li Axtamov — korxona ta'sischisi, loyiha g'oyasining asosiy mualliflaridan biri va texnik ishlab chiqaruvchisi. "O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar" universiteti talabasi. Asosiy mutaxassisligi — Xitoy tili filologiyasi. Xitoyning "Dalian University of Technology" oliygohining muddatli "summer school" dasturi bitiruvchisi. O'zbekiston Kinematografiya agentligi qoshida tashkil qilingan, mutaxassislarni qayta tayyorlashga ixtisoslashgan "Kino maktabi" loyihasining "Rejissura yo'nalishi" bitiruvchisi. "O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar" universitetining "Xalqaro munosabatlar" fakulteti qoshida tashkil qilingan "Chig'atoy gurungi" teatr-studiyasining badiiy rahbari.

Uchta eksperimental "podcast-film" janrida mualliflik qisqa metrajli filmlar muallifi (6-8 daqiqa oralig'ida):

  1. "Nyu janri" (2025)
  2. "Usta, Margarita va Biz" (2025)
  3. "Combinatorics" (2026)

Navruzov Mirjalol

Ma'lumot

Navruzov Mirjalol Ulug'bek o'g'li — korxona ta'sischisi va loyiha g'oyasining asosiy mualliflaridan biri. "O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar" universitetining "San'at jurnalistikasi va kritikasi" yo'nalishi bitiruvchi bosqich talabasi. O'zbekiston Kinematografiya agentligi qoshida tashkil qilingan, mutaxassislarni qayta tayyorlashga ixtisoslashgan "Kino maktabi" loyihasining "Rejissura yo'nalishi" bitiruvchisi. Universitet qoshida tashkil etilgan "Evrilish" eksperimental teatr studiyasining bosh rejissyori. "O'zbekfilm" DM tomonidan rejissyor Sanjar Boboyev suratga olgan "Hayot go'zal" badiiy filmida rejissyor assistenti sifatida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda "Bolalar kontentini rivojlantirish markazi" tomonidan rejissyor Akbar Bekturdiyev suratga olayotgan "Temurbek" tarixiy filmida rejissyor assistenti sifatida faoliyat yuritmoqda.

Boymatov Husniddin

Ma'lumot

Husniddin Boymatov Davur o'g'li — kino va media sohasida faoliyat yuritayotgan prodyuser. O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining "Kino, televideniye va radio" fakultetini tamomlagan.

Professional faoliyati davomida Sevimli TV va ZO'R TV telekanallarida rejissor sifatida faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda "Yoshlik" kinostudiyasida prodyuser sifatida faoliyat yuritib, badiiy va hujjatli kino loyihalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish hamda ijodiy jamoalarni boshqarish bilan shug'ullanadi.

  1. "Jurnalist" — badiiy film
  2. "Siz yolg'iz emassiz" — hujjatli film
  3. "Aktrisa" — qisqa metrajli film
  4. "Zarra" — qisqa metrajli film
  5. "Drel" — qisqa metrajli film
  6. "Quyosh bolasi Yusuf" — qisqa metrajli film